16 sentabr oqshomida "Arsenal" YeChL birinchi turi doirasida Zagrebning "Dinamo" jamoasiga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
15 sentabr kuni o‘z guruhlarida "Manchester Siti" "Yuventus"dan 1:2 hisobida, "Manchester Yunayted" esa "PSV"dan xuddi shu hisobda yengilgandi.
Bu orqali futbol tarixida ilk marta inglizlarning birdaniga 3ta jamoasi YeChLning birinchi turidayoq mag‘lubiyatlar qayd etdi
APL jamoalaridan faqatgina "Chelsi" o‘z o‘yinida g‘alaba qozondi. Londonliklar Isroilning "Makkabi" jamoasini 4:0 hisobida yengdi.