Bugun, 16 oktabr kuni Oliy liga 25 turining navbatdagi uchrashuvlari o‘tkazildi.
Musobaqa peshqadami "Paxtakor" o‘z maydonida "So‘g‘diyona"ni mag‘lub etdi va ikkinchi o‘rindagi "Lokomotiv" bilan oradagi farqni yanada oshirdi.
"Lokomotiv" safarda "Qo‘qon-1912" jamoasi bilan durang o‘ynab qo‘ydi.
"Mash'al" esa safarda "Qizilqum"dan ustunligini namoyish etdi.
Musobaqa autsayderi "Buxoro" esa o‘z maydonida "Sho‘rtan"ni qabul qildi va ochko yo‘qotdi.
Eslatib o‘tamiz, "Nasaf" - "Neftchi" (1:0) va ""Dinamo" - "Bunyodkor" (1:1) uchrashuvlari 12 oktabrda o‘tkazilgan edi. "Nasaf" va "Bunyodkor" O‘zbekiston Kubogi finalida maydonga tushishi sababli bu uchrashuvlar muddatidan oldin o‘tkazilgan.
Oliy liga, 25-tur
"Paxtakor" - "So‘g‘diyona" - 3:1
Gol: Krimets 10, Sergeyev 50, Sergeyev 58 - Rashidov 36
«Qo‘qon-1912» – «Lokomotiv» 2:2
Gollar: Temur Kapadze 15, - 1:0 (Dilshod Rahmatullayev). Sanjar Shoahmedov 49, - 0:2. Otabek Haydarov 69, - 1:2.
«Olmaliq» – «Navbahor» 2:1
Gollar: Salamat Qutiboyev 5, - 1:0. Salamat Qutiboyev 65, - 2:0 (Shavkat Salomov). Dilshod Jabborov 69, - 2:1 (San'at Shixov)
"Qizilqum" - "Mash'al" - 2:3
Gol: Vahobov 38, Qambarov 69 - Toshpo‘latov 20, Hasanov 27, Bukatkin 59
"Buxoro" - "Sho‘rtan" - 2:2
Gollar: Ibragimov 56, Sanayev 63- Jo‘rayev 37, Polvonov 55
«Andijon» – «Metallurg» 1:0
Gol: Shukur Jumaboyev 81