Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 11:46 / 20.10.2015
4952
1 daqiqa o‘qiladi
Davlat Departamenti: AQSh Asadning darhol ketishini talab qilmayapti
AQSh ma'muriyati Suriya prezidenti Bashar Asad darhol hokimiyat tepasidan ketishini talab qilmayapti. Buni Davlat Departamentining matbuot kotibi Mark Toner an'anaviy brifing chog‘ida tasdiqladi.
“Biz u ertagayoq ketishi kerak demayapmiz. Biz Asad albatta ertaga yoki ertadan keyin ketishi kerak emasligini aniq aytdik”, - dedi u, AQShning Asadga yo‘llangan, u Damashq siyosiy olimpini tark etishga chaqirilgan murojaatini tavsiflar ekan.
Shu bilan birga, Tonerning ta'kidlashicha, Asad “oxir-oqibat hokimiyat tepasida qolishi mumkin emas”.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish