12:50 / 28.10.2015
17081

Ikki musulmon-haydovchi alkogolni yetkazib berishni istamagani uchun $ 240 000 oldi

AQShning Illilnoys shtatidagi transport kompaniyasida xizmat qiluvchi ikki nafar musulmon-haydovchiga buyurtmachi tomonidan alkolol mahsulotini yetkazib berish ishi topshiriladi, biroq haydovchilar e'tiqodiga zid bu ish bilan shug‘ullanmasliklarini ma'lum qilib, bunga rozi bo‘lishmaydi.

Freedom Outpost ning xabariga ko‘ra, bu rad javobi, tabiiyki, ish beruvchi kompaniya Star Transport Inc.ga ma'qul bo‘lmaydi va ishchilarning e'tiqodi bilan hisoblashmay, ularni ishdan bo‘shatadi, deb yozadi Muxlis.uz.

Shundan so‘ng, Mahad Abbos Muhammad va Abdkarim Hassan Bulshale 1964 yilgi AQShning Fuqarolik huquqlari to‘g‘risidagi qonunning 7 akti, ya'ni diniy e'tiqodi bo‘yicha ishdan bo‘shatilmaslik haqidagi qoida buzilgani haqida sudga da'vo arizasi berishdi.

Sud ishchilar foydasiga qaror chiqarib, haqiqatdan ham qonun buzilish holati ro‘y berganini tasdiqladi va alkogol mahsulotini yetkazib bermagani uchun ishdan bo‘shatilgan haydovchilarning har biriga ma'naviy zarar uchun $ 20 000 miqdorida va shuningdek yana qo‘shimcha $ 100 000 shtraf undirib berdi.

Top