19:01 / 09.11.2015
7663

Budapeshtlik xaridor 1 mln yevrolik LaFerrari`ni xarid qilib, bir necha daqiqa ichida uni urib oldi

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida istiqomat qiluvchi kishi yangi sotib olgan LaFerrari rusumli mashinasida xarididan bir necha daqiqa o‘tiboq, avariyaga uchradi. Bu haqda Daily Mail xabar tarqatgan.

Ma'lum qilinishicha, ushbu avtomobilchi sportkarni boshqara olmagan va bir qancha mashinalarni turtib o‘tgan.

Guvohlarning aytishicha, u o‘z ishidan umuman afsuslanmagan va 1 mln yevroni sovurishidan og‘rinmagan.

Qayd etilishicha, Ferrari kompaniyasi atigi 499ta LaFerrari sportkarini ishlab chiqargan.

Model gibridli kuch qurilmasiga ega bo‘lgan bu sportkar agregatlari 950 ot kuchini berishga qodir hisoblanadi. U 3 sekundda 100 km/soat tezlikka erishadi.

Top