Jahon | 16:13 / 13.11.2015
4056
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada 87 yoshli ayol xolokostni rad qilganlikda ayblab sud qilindi

Germaniya sudi 87 yoshli Ursula Xaverbek-Vettselni xolokostni rad qilganlikda ayblab 10 oylik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda Suddeutsche Zeitung nashri xabar qildi.

Aytilishicha, ayol “Osventsim buxgalteri” Oskar Grening ishi bo‘yicha sud jarayonida bergan bayonoti uchun sudlangan. U jurnalistlarga Osventsim yahudiylar yoppasiga qirilgan joy emasligini, xolokostning ham bo‘lmaganini aytgan edi.

Sud bunday bayonotlar jamiyatda agressiv kayfiyatlarini keltirib chiqaradi, deb topdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish