Jahon | 07:35 / 13.11.2015
7747
1 daqiqa o‘qiladi

Jon Kerri AQSh Suriyada uchta maqsadni ko‘zlayotganini ma'lum qildi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Suriyadagi vaziyatga izoh bera turib, prezident Barak Obama AQSh Suriya borasida uchta maqsadni o‘z oldiga qo‘yganini ma'lum qildi.

Kerri bu haqda Vashingtondagi Tinchlik institutidagi nutqida aytib o‘tdi.

AQShning Suriyadagi birinchi maqsadi IShID terrorchilik guruhi ustidan g‘alaba qozonish, ikkinchisi – Suriyadagi fuqarolik urushini siyosiy muzokaralar yo‘li bilan tugatish va nihoyat uchinchisi o‘zining mintaqadagi ittifoqchilariga yordam berishdan iborat.

Avvalroq Jon Kerri IShIDni dunyodagi eng katta xavf deb atagan edi. Kerri o‘zining nutqida AQShning Suriyaga nisbatan strategiyasiga katta e'tibor qaratdi hamda Eron va Ukrainaga ham to‘xtalib o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish