Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jon Kerri: Asadning Suriyadagi kelajagi hozircha noaniqligicha qolmoqda
Suriya prezidenti Bashar Asadning kelajagi va o‘rni hozircha noaniqligicha qolmoqda, deb aytdi AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Vashingtondagi Tinchlik institutidagi nutqi davomida.
Kerrining aytishicha, ayni paytda AQSh Rossiya va Eron bilan ushbu masala ustida ishlamoqda.
“Asadning kelajagi va o‘rni hozircha noaniqligicha qolmoqda, biz buni tan olamiz”, deb aytdi Kerri hamda AQSh hali ham Asadning ketishini talab qilayotganini aytib o‘tdi.
Kerri, shuningdek, Asadni “terrorchilarni o‘ziga tortuvchi ohangrabo (magnit)” deb atadi hamda Suriya prezidenti yurgazayotgan siyosat IShIDning mintaqada yoyilishi bilan bevosita bog‘liqligini ta'kidladi.