Jahon | 19:18 / 13.11.2015
2331
2 daqiqa o‘qiladi

Polsha prezidenti yangi bosh vazirni tayinladi

Polsha prezidenti Anjyey Duda Beata Shidloni mamlakat bosh vaziri etib tayinlab, unga yangi hukumatni shakllantirish vazifasini topshirdi, deya xabar bermoqda TVN24 telekanali.

Marosim Varshavadagi prezident saroyida bo‘lib o‘tdi. Anjyey Duda Beata Shidloga bu haqdagi qaror nusxasini topshirdi.

Avvalroq Yeva Kopach boshchiligidagi Polsha hukumati iste'foga chiqqani xabar qilingan edi. Mazkur qaror 25 oktabrdagi parlament saylovlarida sobiq bosh vazirning “Fuqarolik platformasi” partiyasi mag‘lubiyatga uchraganidan sababli qabul qilingan. Yaroslav Kachinskiyning “Qonun va adolat” partiyasi Polsha parlamentidagi ko‘pchilik o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan Yeva Kopach partiyasi esa 24,1 foiz ovoz to‘plab, 138ta deputatlik o‘rniga ega bo‘ldi.

Shidlo esa 2015 yil martida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida Duda saylov shtabi rahbari sifatida faoliyat yuritgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish