Jahon | 21:29 / 13.11.2015
3348
1 daqiqa o‘qiladi

Putin Eronga OPeKning gaz bo‘yicha sammitiga boradi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eronda 23 noyabrda bo‘lib o‘tadigan OPeKning gaz bo‘yicha sammitiga boradi. Bu haqda Putin yordamchisi Yuriy Ushakov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. 

“Biz gaz eksportchi davlatlari forumining uchinchi sammitida ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. Sammit 23 noyabrda Tehronda bo‘lib o‘tadi va Vladimir Putin u yerga boradi”, deb aytdi Ushakov.

Ushakovning aytishicha, sammit davomida Putin ishtirokida bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar bo‘lib o‘tishi mumkin.

O‘z navbatida Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak TASS axborot agentligiga sammit uchun maxsus materiallar tayyorlanayotgani ma'lum qildi, biroq ularning mazmunini oshkor etmadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish