Jahon | 20:04 / 13.11.2015
3820
1 daqiqa o‘qiladi

Putin: Rossiya Bashar Asadning hukumatdan ketishi masalasini muhokamaga qo‘yishga haqli emas

Rossiya prezidenti Vladimir Putin rossiyalik va turkiyalik jurnalistlarga bergan intervyusida ma'lum qilishicha, rasmiy Moskvada Bashar Asadning hukumatdan ketishi masalasini o‘rtaga tashlash huquqi mavjud emas.

"Kelinglar, o‘ylab ko‘raylik. Biz ittifoqchilarni Moskvaga taklif qilib, ular bilan Suriya prezidentining hokimiyatdan ketishi masalasini muhokama qilsak. Bu qanchalik qonun va axloq normalariga to‘g‘ri keladi? Suriya - mustaqil mamlakat. Bashar Asad esa bu mamlakatning qonuniy prezidenti, uni suriyaliklar saylashgan. Shunday ekan, bu masalaga qaytishga hojat bormi? Albatta, yo‘q", deydi Putin.

Uning aytishicha, bunday harakatni faqat "o‘zini istisno deb biladigan", boshqa mamlakatlarning taqdirini o‘z irodasiga ko‘ra hal qilishga urinadigan davlatlargina amalga oshirishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish