Jahon | 19:46 / 13.11.2015
5990
1 daqiqa o‘qiladi

Putin Suriyadagi harakatlarni muvofiqlashtirishga G‘arb sovuq munosabat bildirganini aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh va uning ittifoqchilari Rossiyaning Suriyadagi harakatlarni muvofiqlashtirish taklifiga sovuq munosabat bildirdilar, deb xabar berdi RIA “Novosti” axborot agentligi.

“Biz oldindan AQSh va NATO rahbariyatini jangovor harakatlar boshlanishi haqida xabardor qilganmiz. IShIDga qarshi AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya bilan bunday vaziyatlardagi yaqindan harbiy-ekspert o‘zaro harakatlanishga umid qilayotgan edik. Suriya ixtilofini baholashda Rossiya va AQSh yondashuvlarida kelishmovchiliklarga qaramasdan ham. Amerikalik va g‘arbiy hamkorlar tomonidan javob berish juda sovuq bo‘ldi”, deb aytdi Putin.

Putinning ta'kidlashicha, Rossiya Vashington bilan bunday hamkorlikka AQSh Afg‘onistonda operatsiya boshlaganda borgan, biroq Moskva hozirda bu masalada AQShdan munosib javob olmadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish