Jahon | 12:04 / 13.11.2015
3179
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyadagi urush davomida 300ta arxeologik obekt zarar ko‘rdi

2011 yildan buyon Suriya hududidagi 300ga yaqin arxeologik qazilma ishlari obektlari zarar ko‘rdi. Bu ma'lumotlarni mamlakat qadimiyatlari va muzeylari hukumat departamenti direktori Ma'mun Abdulkarim Fransiyaning Le Figaro gazetasiga bergan intervyusida keltirib o‘tdi.

“Suriyada mavjud bo‘lgan mingdan ortiq arxeologik obektdan 300tasi zarar ko‘rdi”, - ta'kidladi u. Abdulkarim bunga harbiy harakatlar, noqonuniy qazilma ishlarining olib borilishi hamda mafkuraviy kurash sabab bo‘lganini ta'kidladi.

Jumladan, Frot bo‘yida Mari shahri hamda Oront bo‘yidagi Suriya Apameyasi xarobalarida noqonuniy qazilmalar olib borilgan. Palmira esa IShID tomonidan buzib yuborilmoqda.
Abdulkarim Fransiyani uning departamentiga bebaho yodgorliklarni saqlashda ko‘mak berishga chaqirdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish