Jahon | 15:25 / 14.11.2015
3222
1 daqiqa o‘qiladi

14 noyabrda Fransiyadagi barcha rasmiy muassasalar yopildi

14 noyabr kuni Parijdagi barcha rasmiy va munitsipal muassasalar shaharda sodir etilgan qator teraktlar sabab yopildi. Bu haqda Parij merligi ma'lum qilgan.

Shu munosabat bilan shahar boshqaruv ma'muriyati, muzeylar, kutubxonalar, basseynlar va oziq-ovqat bozorlari yopiq bo‘ladi.

Bundan tashqari, shanba kunga mo‘ljallangan barcha ommaviy tabdirlar ham bekor qilingan.

Teraktlarga hamdardlik ifodasi tariqasida Parijdagi “Disneylend” attraksionlar parki ham ishlamaydi, deb xabar bermoqda Liberation.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish