Jahon | 23:25 / 14.11.2015
2572
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniyada samolyot halokati sabab to‘rt kishi halok bo‘ldi

Angliyaning janubi-sharqida yengil momtorli samolyotning halokati sabab, ikki erkak va ikki ayol halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy politsiya xabar bermoqda.

Taqdim etilgan ma'lumotga ko‘ra, voqea Somerset grafligidagi Tonton shahridan uncha uzoq bo‘lmagan yerda sodir bo‘lgan. Voqea joyiga zudlik bilan tibbiyot xodimlari, politsiyachilar va o‘t o‘chirish xizmati xodimlari yetib borishgan. Ammo bortdagi hech bir kishini qutqarish nasib etmagan.

Ayni damda halokat yuz bergan hudud o‘rab olingan, shossedagi harakatlar to‘xtatilgan. Voqea joyida halokat sabablarini aniqlashtirish maqsadida mutaxassislar ish olib borishmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish