Jahon | 19:39 / 14.11.2015
2625
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiya teraktlar tufayli Parijda bo‘lib o‘tadigan iqlim bo‘yicha sammitni bekor qilmoqchi emas

Fransiya hukumati teraktlar tufayli Parijda bo‘lib o‘tadigan iqlim bo‘yicha xalqaro sammitni bekor qilmoqchi emas, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Diplomatik manbaning aytishicha, fransuz hukumati iqlim masalalariga bag‘ishlanadigan sammitni hech qanday vaziyatda bekor qilmaydi yoki boshqa sanaga ko‘chirmaydi.

Sammit Parijda dekabr boshida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Parijdagi teraktlar oqibatida kamida 128 kishi halok bo‘ldi. Parij politsiyasi 8 nafar terrorchining o‘lgani haqida ma'lumotga ega. Terrorchilardan 7 nafari xudkushlar kamaridan foydalanib portlashlar amalga oshirgan. Parijda favqulodda vaziyat tartibi kiritildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish