Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venada Suriya masalasiga doir yig‘ilish boshlandi
Avstriya poytaxti Venada Suriya masalasiga doir ikkinchi ko‘p tomonlama muzokaralar boshlandi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
Muzokaralar stoli atrofida 20ga yaqin mamlakat tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari, shuningdek, Arab davlatlari ligasi, Islom hamkorlik tashkiloti va Yevropa Ittifoqi vakillari uchrashishdi.
Uchrashuvda AQSh davlat kotibi Jon Kerri, Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov va Suriya bo‘yicha BMT maxsus elchisi Stefan de Mistura qatnashgani alohida qayd etilgan.
Bundan tashqari, yig‘ilishda Misr, Saudiya Arabistoni, Turkiya va Eron vakillari ham ishtirok etdi.