Jahon | 23:42 / 15.11.2015
4898
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh va Fransiya IShID marralariga zarba berishni kuchaytiradi

AQSh harbiy vakillari fransuz hamkasblari bilan birga IShID terrorchilik tashkiloti marralariga aviazarbalar uyushtirishni yanada kuchaytirishadi, deb xabar bermoqda Reuters.

AQSh prezidenti maslahatchisining milliy xavfsizlik bo‘yicha o‘rinbosari Ben Rods G20 sammiti doirasida Suriya va Iroqda qurolli harakatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib borish taktikasi IShIDga qarshi kurashda yaxshi samara berganligini ta'kidlab o‘tdi.

U, shuningdek, terrorchilarga qarshi harbiy harakatlarda ishtirok etayotgan har qaysi davlatga terrorchilik hujumi xavf solayotgani, ammo AQShga hozircha bu borada hech qanday to‘g‘ridan-to‘g‘ri xavf yo‘qligini ham aytib o‘tgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish