Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 18:37 / 15.11.2015
3057
1 daqiqa o‘qiladi
Belgiyada Parij teraktlariga aloqadorlikda gumon qilinib, 5 kishi qo‘lga olindi
Parijga terrorchilik xuruji amalga oshirilishi bo‘yicha olib borilayotgan tekshiruvlar doirasida Belgiyaning Molebank okrugida 5 nafar shaxs terrorchilik ishiga aloqadorlikda gumonlanib, qo‘lga olingan. Bu haqda Molebank okrugi rahbari Fransuaza Sherpmansga asoslanib, RTBF telekanali xabar bergan.
Uning aytishicha, terrorchilarga tegishliligi taxmin qilingan bir avtomobil aniqlangan.
Ayni vaqtda Belgiya hukumati Fransiya bilan hamkorlikda Parijdagi teraktlar vaqtida halok bo‘lgan fuqarosi bo‘yicha tekshiruvlar boshlagan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish