Jahon | 07:27 / 15.11.2015
2439
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada poyezd falokatga uchrashiga texnik muammolar sabab bo‘lgan

Fransiyada tezyurar poyezdning izdan chiqib ketishiga texnik muammolar sabab bo‘lgan, deb aytdi Fransiya prezidenti Fransua Olland.

“Notijorat yo‘li bo‘yicha sinov o‘tkazish uchun harakatlangan TGV sinov poyezdi Ekversaym aholi punkti hududida soat 15.00larda temir yo‘l izidan chiqib ketgan. Poyezdda 50 ga yaqin odam bo‘lgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, gap texnik muammolar haqida ketmoqda”, deb aytdi Olland.

Fojia joyiga yaqin orada Fransiya ekologiya, barqaror rivojlanish va energetika vaziri Segolen Ruayal va transport bo‘yicha davlat kotibi Alen Vidali tashrif buyuradi.

Avvalroq Fransiya sharqida, Strasburg yaqinidagi Ekveshem shahri yaqinida tezyurar poyezd izdan chiqib ketgani va buning oqibatida 7 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish