Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 08:13 / 15.11.2015
5709
1 daqiqa o‘qiladi
Kerri Asadni IShIDdan neft sotib olayotganlikda aybladi
AQSh davlat kotibi Jon Kerri Suriya prezidenti Bashar Asadni “Iroq va Shom islom davlati” terrorchilik tashkilotidan neft sotib olayotganlikda aybladi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda.
“Vaziyat shundayki, aynan u ular uchun ohanraboga aylandi... Asad IShIDdan neft sotib olyapti, ularga neft sotyapti”, — dedi Kerri.
Avvalroq Bashar Asad Parijda sodir etilgan teraktlarga munosabat bildirar ekan, Fransiyada sodir bo‘lgan ushbu xunrezlik Suriyada besh yildan beri bo‘lib kelmoqda, deb aytib o‘tgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish