Jahon | 07:51 / 15.11.2015
2918
1 daqiqa o‘qiladi

Kerri Obama bilan Turkiyadagi G20 sammitida Rossiya bilan terrorchilikka qarshi kurashni muvofiqlashtirishni muhokama qiladi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Turkiyadagi G20 sammitida AQSh prezidenti Barak Obama bilan Rossiya bilan terrorchilikka qarshi kurashni muvofiqlashtirishni muhokama qilmoqchi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Kerri bu masalani Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muhokama qilganini tasdiqladi.

“Men ertaga Turkiyadagi “katta yigirmatalik”da prezident Obama bilan uchrashaman. Biz bu masalani prezidentimiz bilan muhokama qilamiz, kelgusida ongli bo‘lgan nimanidir rivojlantira olishimizni ko‘rib chiqamiz”, deb aytdi Kerri.

Kerrining ta'kidlashicha, hamkorlik qilish ma'noga ega, biroq tomonlar bu hamkorlik qaysi yo‘nalishda rivojlanishiga ishonchlari komil bo‘lishi kerak.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish