Jahon | 18:59 / 15.11.2015
2780
1 daqiqa o‘qiladi

Maltadagi tungi klubda ro‘y bergan tiqilinchda 70dan ziyod kishi jabrlandi

Malta shimoli-sharqidagi Pachevil (Paceville) tumanida joylashgan tungi klublardan birida tiqilinch yuzaga keldi, deya xabar bermoqda Times of Malta nashri.
Jarohat olganlarning ko‘pchiligi 25dan oshmagan yoshlardir. 13 va 15 yoshdagi ikki jabr ko‘rganning ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.

Hodisa yakshanba kuni 00:30 (Toshkent vaqti bilan 4:30)da bo‘lib o‘tgan. Jabrlanganlar to‘da oynali balyustrada (naqshinkor panjara) tomon kuch bilan siqib tashlangan vaqtda tan jarohatlarini olishgan.

Tiqilinchga klub binosida gaz sizishi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Bir necha kishining ma'lum qilishicha, tiqilinchlar boshlanishidan avval nafas olishda qiyinchiliklarni his etishgan. Hodisa yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish