Jahon | 00:44 / 15.11.2015
3470
1 daqiqa o‘qiladi

Obama Parijdagi teraktlar sabab milliy xavfsizlik kengashi bilan uchrashadi

AQSh prezidenti Barak Obama Parijda sodir etilgan teraktlar sabab mamlakat milliy xavfsizlik kengashi bilan uchrashadi, deb xabar bermoqda Reuters.

“Parijda bo‘lgan teraktlar sabab, prezident G20 sammiti oldidan vaziyatga baho berish maqsadida mamlakat milliy xavfsizlik kengashi bilan uchrashadi”, — dedi amaldorlardan biri.

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Parijda sodir etilgan turkum teraktlar oqibatida 128 nafar kishi halok bo‘lgan. OAV esa qurbonlar soni 150 nafar ekanligini tasdiqlab kelmoqda. Parij politsiyasi sakkiz nafar terrorchining barchasi yo‘q qilingani haqida aytmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish