Jahon | 17:14 / 15.11.2015
3465
2 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko Ukrainadagi terroristik tahdidlar ehtimoli haqida ma'lum qildi

Ukraina prezidenti Petr Poroshenko hukumatda mamlakatda terroristik tahdidlar ehtimoli to‘g‘risida ma'lumotlar mavjudligini ma'lum qildi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.

“Bizda ayni paytda Parijdagi dahshatli hujumlar singari yangi tahdidlar vujudga kelgan. Biz Ukrainada terrorchilar bilan aloqa o‘rnatganlik ehtimollari haqida ma'lumotni qabul qilib oldik”, - dedi Poroshenko.

Prezident so‘zlariga ko‘ra, u xavflar, tahdidlarni bartaraf etish hamda Ukrainada tinchlik va sokinlikni himoya qilish uchun xorijlik sheriklar bilan hamkorlik bo‘yicha mutlaqo aniq topshiriqlarni bergan.
Poroshenkoning qayd etishicha, kuchaytirilgan tartib eng kamida ikki hafta davom etadi.
Avvalroq Ukraina IIV va xavfsizlik xizmatida Kiyev, Xarkov, Dnepropetrovsk, Lvov va boshqa shaharlarda terroristik hujumlari, o‘q otar qurollar va portlovchi uskunalar yordamida targ‘ibot o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilayotgani to‘g‘risida ma'lumotlar mavjudligi haqida xabar qilingan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish