Jahon | 23:10 / 15.11.2015
3805
1 daqiqa o‘qiladi

Suriya neft vaziri Jon Kerrining ayblovini rad etdi

Suriya neft va tabiiy resurslar vaziri Sulaymon al Abbos AQSh davlat kotibi Jon Kerrining Suriya hukumati IShID terrorchilik tashkiloti bilan neft savdosini olib borayotgani haqidagi ma'lumotini inkor etdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

“Bu ma'lumot noto‘g‘ri. Mamlakat neft vazirligi terrorchilar yoki boshqalardan bir barrel ham neft sotib olmagan yoki sotmagan”, — dedi u.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish