Jahon | 16:56 / 15.11.2015
6566
1 daqiqa o‘qiladi

XXR rahbari: dunyo iqtisodiyoti yangi qarshiliklarga duch keladi

XXR raisi Si Tszinpin BRIKS mamlakatlarini dunyo iqtisodiyoti to‘qnash kelayotgan yangi qarshiliklarga tura oladigan yagona marrani egallashga chaqirdi.

“Jahon iqtisodiyoti yangi ishonchsizlik va beqarorlik omillari bilan to‘qnash kelmoqda. Shunga qaramasdan, BRIKS davlatlari yetakchilari biz hozirda duch kelayotgan vazifalarni hal qilish uchun kuchlarni birlashtirib, yagona marrani egallashlari lozim”, - dedi Si Tszinpin BRIKS yetakchilarining norasmiy yig‘ilishida.

BRIKS - Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va JARni jamlagan birlashmadir.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish