Iqtisodiyot | 16:48 / 21.12.2015
4921
1 daqiqa o‘qiladi

Ozarbayjon manati 50 foizga qadrsizlandi

Ozarbayjon milliy valyutasi – manat 21 dekabr kuni 48 foizga devalvatsiya qilindi. Bu haqda “Interfaks-Azerbadjan” agentligi xabar bermoqda.

21 dekabr kuni Ozarbayjon markaziy banki rasmiy kursni 1.55 manat/1 dollar miqdorida belgiladi. 18 dekabr kuni kurs qariyb 1 manat/1 dollarni tashkil qilayotgan edi. Shu tariqa, uch kun ichida pulning qadri 47.6 foizga tushib ketdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish