Iqtisodiyot | 13:06 / 12.01.2016
5211
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston milliy valyutasi tarixiy minimumni yana yangiladi

Qozog‘iston tangasining dollarga nisbatan o‘rtacha kursi Qozog‘iston fond birjasida (KASE) yana bir bora tarixiy minimumni yangiladi, deb xabar beradi TASS agentligi.

Ayni paytda kurs 362.62 tanga/1 dollarni tashkil qilmoqda. Kecha bu ko‘rsatkich 354.6-356.35 tanga/1 dollarga teng edi.

8 yanvar kuni Qozog‘iston valyutasi birinchi marta 350 bosqichidan o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish