Jahon | 12:55 / 24.03.2016
1355
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Aka-uka Bakraviylarning asosiy maqsadi Bryusseldagi AES bo‘lgan

Bryusselda 22 mart kuni sodir etilgan teraktlar ijrochilari sifatida qaralayotgan aka-uka Bakraviylarning asosiy maqsadi AESni portlatish bo‘lgan. Bu haqda La Derniere Heure gazetasi xabar tarqatgan.

Nashrning yozishicha, Parijdagi terakt ijrochisi sifatida 18 mart kuni qo‘lga olingan Saloh Abdislom ularga teraktni tezlashtirish va birinchi rejani o‘zgartirish topshirig‘ini berishga ulgurgan.

Shundan so‘ng, Xolid va Ibrohim Bakraviy 22 mart kuni ertalab Bryusseldagi Zaventim aeroportida o‘zlarini portlatishdi. Ko‘p o‘tmasdan, Bryusseldagi metro bekatlarida ham avvaldan o‘rnatilgan bombalar orqali 3ta terakt amalga oshirildi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, portlashlar oqibatida 31 kishi halok bo‘lgan, 300ga yaqin kishi jarohatlangan.

Terakt ijrochilari aeroportga kirishda kuzatuv kameralari orqali suratga olingan.

Belgiya hukumati AESni qo‘riqlashni kuchaytirish uchun 140 nafar harbiy ajratgan.

Bundan oldinroq, Belgiya bosh prokurori Frederik van Lyov jangarilar istiqomat qilgan Skarbek kommunasidagi uyda o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida 15 kg miqdoridagi portlovchi moddalar topilgani haqida ma'lum qilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish