22:40 / 04.04.2016
1510

Luis Enrike: «Messi, Suares va Neymar mashinalar emas. Ularning borligi bilan «Barsa»ni yengilmas jamoa bo‘lib qolmaydi»

«Barselona» jamoasi murabbiyi Luis Enrike jamoa futbolchilari Lionel Messi, Luis Suares va Neymar haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Messi, Suares va Neymar – dunyoning eng zo‘r futbolchilari. Lekin bu degani ular mashinalar degani emas. Hujumchilarimiz yuqori saviyali futbolchilar ekani aniq, lekin bu «Barselona»ni yengilmas qilib qo‘ya olmaydi.

Jamoamizning muvaffaqiyatlari hujum uchligimizgagina bog‘liq emas. Va mag‘lubiyatlarda ham ayb faqat ularning yelkasiga tashlanmaydi. Aytishim mumkinki, ayni vaqtda «Barselona» triosining sport formasi ajoyib holatda», – deydi murabbiy.

Enrike shuningdek, «Real»ga qarshi o‘yindan keyin tanqidlarga uchragan Arda Turan haqidagi gaplarga munosabatini bildirib o‘tdi.

«Mag‘lubiyatda bir futbolchini ayblash ahmoqlik.

Arda shunchaki omad bizdan yuz o‘girayotgan vaqtda maydonga tushdi. Agar u maydonga tushmaganida ham «Real» gol urishi mumkin edi. Bu futbolchi bizning o‘yinimizga juda mos, u kamdan-kam hollardagina to‘pni yo‘qotadi.

Ha, barcha ham «Barselona»ga osonlik bilan qo‘shilib keta olmagan. Turan esa biz qanday o‘ynashimizni bilardi va oson moslashdi», – deydi u.

Top