Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mettyu Makkonaxining o‘tmishdagi qiyofadoshi aniqlandi
Amerikalik aktyor Mettyu Makkonaxining o‘tmishda o‘ziga o‘xshash qiyofadoshi borligi ma'lum bo‘ldi. Reddit saytida surati e'lon qilingan erkak kishi aktyorga bir tomchi suvdek o‘xshaydi.
“Mening bobokalonim qo‘yib qo‘ygandek Mettyu Makkonaxiga o‘xshagan”, deyiladi surat ostida qoldirilgan izohda. Suratga 300 ga yaqin izoh qoldirilgan. Imgur saytida esa 1,2 mln. marta ko‘rilgan.
Time tarqatgan xabarga ko‘ra, suratni Sanders Parker degan foydalanuvchi e'lon qilgan. Parkerning fikricha, uning bobokaloni va “Oskar” sohibi o‘rtasidagi o‘xshashlik juda hayratlanarli.