Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 00:31 / 17.04.2016
1407
1 daqiqa o‘qiladi
Argentinada elektron musiqa festivalida 5 kishi halok bo‘ldi
Argentinada elektron musiqa festivalida noma'lum giyohvand modda qabul qilish oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi va yana 5 kishi shifoxonaga yetkazildi, deb xabar bermoqda La Nacion nashri.
Barcha jabrlanganlar Buenos-Ayres shifoxonalarida og‘ir ahvolda qolmoqda.
Shifokorlarning ma'lumotlariga ko‘ra, 2 kishi festival o‘tayotgan zalning o‘zida halok bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, barcha jabrlanganlar shifoxonalarga yuqori tana harorati bilan yetkazilgan. Yoshlar nimadan zaharlangani hozircha noma'lum.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish