Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada aktyor Jonni Depp rafiqasi ustidan sud jarayoni boshlandi
Avstraliyaning Gold-Kost shahrida 18 aprelda Gollivud aktyori Jonni Deppning rafiqasi Ember Xerd ustidan sud jarayoni boshlandi. Ayol Kvinslend shtatiga mamlakat veterinariya xizmatini xabardor qilmagan holda ikkita yorkshir tereri zotidagi itni olib kelganlikda ayblanmoqda. Mahalliy qonunlarning buzilishi Deppning rafiqasiga 10 yillik qamoq jazosi yoki 100 ming Avstraliya dollari (77 ming AQSh dollari) jarima bilan xavf solmoqda.

Aktyor rafiqasi bilan xususiy samolyotda Avstraliyaga yetib keldi. Ayni vaqtda ular sud zalida. Juftlik jurnalistlar bilan uchrashishdan qancha qochishga urinishmasin, biroq paparatstsi ularni sudga ketayotganlarida suratga olishga muvaffaq bo‘ldi.
Sud 4 kun davom etadi. 22 aprelda Ember Xerd 30 yoshini qarshilaydi. Biroq bu yubiley tavallud ayomi sud hukmi sababli ko‘ngilxiralik bilan o‘tishi mumkin: sud hukmining qat'iyligidan ayol o‘z tug‘ilgan kunini panjara ortida yoki ozodlikda kutib olishi ma'lum bo‘ladi.
Avvalroq ma'lum qilinganidek, 2015 yil boshida Depp "Karib dengizi qaroqchilari" filmining 5-qismida suratga tushish vaqtida filmning ba'zi sahnalarini suratga olish uchun Avstraliyaga ijodiy guruh bilan kelgan. Depp va uning rafiqasi Gollivuddan xususiy samolyotda o‘zlarining Bu va Pistolya laqabli itlarini ham olib kelishgan. Bu qoidabuzarlik hayvonlar uchun mo‘ljallangan sartaroshxonalardan birining xodimalari ijtimoiy tarmoqlarda "yulduz" itlarning suratlarini joylashtirganlaridan keyin oshkor bo‘lgan. Avstraliya qishloq xo‘jaligi vaziri qoidabuzarlikni payqab qolib, itlarni uxlatib qo‘yish bilan tahdid qilgan. Itlar samolyotda Kaliforniyaga qaytarilgan, biroq bu Depp oilasining javobgarlikdan qutulishiga yordam bermadi.
