Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreyada tashqi ko‘rinish va kiyim-boshga yangi cheklov o‘rnatildi
Shimoliy Koreyada pirsing taqish taqiqlandi hamda jinsi va boshqa “g‘arbcha kiyimlar”ga cheklovlar kiritildi. Ushbu qaror 2016 yil may oyida bo‘lib o‘tadigan Mehnat partiyasining VII s'yezdi oldidan qabul qilindi.
Tashqi ko‘rinishga bo‘lgan qat'iy talablar, birinchi navbatda, Shimoliy Hemgen va Xitoy chegarasidagi Yangando provinsiyalariga tatbiq etiladi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, shimoliy koreyalik fuqarolarni KXDR rahbari Kim Chen Inni qo‘llab-quvvatlovchi yoshlardan iborat guruh nazorat qiladi. Ular yubkalarning uzunligi, oyoq kiyimning shakli, shuningdek, boshqa kiyimlar va soch turmaklarini nazorat qilishadi.
Shimoliy Koreyada ishlaydigan yaponiyalik jurnalist Isimaru Dzironing fikriga ko‘ra, KXDR aholisining borgan sari ko‘proq qismi g‘arbona madaniyatga qiziqish bildirayotgani ushbu taqiqlarga sabab bo‘lgan.