Jahon | 19:49 / 22.08.2016
7357
1 daqiqa o‘qiladi

Kolumbiyada "Yolg‘izlikning yuz yili" muallifi xotirasini abadiylashtirish usuli topildi

Kolumbiya Markaziy banki mashhur yozuvchi Gabriel Garsia Markes surati tushirilgan pullarni muomalaga kiritdi.

50 ming peso qiymatdagi yangi pullar och qizil tusda, deb xabar qilmoqda BBC telekompaniyasi.

Markes banknotda ikki marta tasvirlangan. Uning odatdagi portretidan tashqari, kupyurada yozuvchining atrofida kapalaklar aylanib yurgani ham aks ettirilgan. Bu uning "Yolg‘izlikning yuz yili" romaniga ishoradir.

Yangi pul birligining tantanali taqdimot marosimi yozuvchi tug‘ilib o‘sgan departamentning ma'muriy markazi bo‘lgan Santa-Marta shahrida o‘tkazilgan. 

1982-yilda adabiyot sohasida Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan yozuvchi Markes sirli realizmning asoschilaridan biri hisoblanadi. U, 2014-yili 87 yoshida hayotdan ko‘z yumgan edi. 


 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid