Jamiyat | 15:35 / 24.08.2016
4758
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda 1 oyda 4 mingdan ortiq amaldor kamomad uchun jazolandi

Shu yilning iyul oyida Xitoyda 4417 nafar amaldor davlat mablag‘larini maqsadsiz sarflagani uchun kamomadda ayblanib, jazoga tortilgan. Bu haqda mahalliy nashrlarda yozilgan.

139ta partiya va davlat tuzilmalarida, shuningdek, 106ta davlat kompaniyasida olib borilgan tekshiruvlar natijasida qonun buzilishlari aniqlangan.

Amaldorlar asosan g‘ayriqonuniy mukofotlar belgilash, xizmat mashinalaridan shaxsiy maqsadlarda foydalanish hamda sovg‘alar olish va berishda ayblangan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid