Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin ertaga Samarqandga keladi
Rossiya prezidenti, ayni vaqtda Xitoydagi "Katta yigirmatalik" sammitida ishtirok etayotgan Vladimir Putin 6 sentabr kuni Samarqandga keladi. Bu haqda «Anhor.uz» sayti o‘z manbasiga asoslanib xabar tarqatgan.
«6 sentabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoydan Moskvaga qaytishda Samarqandga kirib o‘tadi. Bundan maqsad — marhum prezident (Islom Karimov — «Kun.uz») qabrini ziyorat qilish hamda mahalliy rahbarlar bilan uchrashish», — deyilgan xabarda.
O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov 2 sentabr, juma kuni vafot etdi.
Dafn marosimi 3 sentabr kuni, Islom Karimovning o‘z vasiyatiga ko‘ra, Samarqand shahrida bo‘lib o‘tdi.
3—5 sentabr kunlari O‘zbekistonda motam kunlari deb e'lon qilingan.
Mavzuga oid
17:45 / 05.06.2026
“AQShga murojaatingizdan xursandmiz” - Sherdor restavratsiyasiga 500 ming dollar ajratildi
17:36 / 05.06.2026
Saida Mirziyoyeva UNEP va GEF rahbariyati bilan uchrashdi
18:49 / 04.06.2026
Saida Mirziyoyeva Global ekologik jamg‘arma Assambleyasida ishtirok etdi
20:37 / 03.06.2026