Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Leonardo Di Kaprio Elvis Preslining prodyuseri rolida namoyon bo‘ladi
Paramount Pictures kinostudiyasi Piter Guralnikning "Sem Fillips: Rok-n-rollni yaratgan kishi" asarini ekranga ko‘chirish huquqini qo‘lga kiritdi. Ekranizatsiyadagi bosh rolni aktyor Leonardo Di Kaprio ijro etadigan bo‘ldi. Bu haqida Deadline nashri ma'lum qildi.
Fillips – Memfisdagi Sun Studio'da ishlagan musiqiy prodyuser. U 1950-yillarda Elvis Presli, Jonni Kesh, Jyerri Li Lyuis va Karl Perkins kabi artistlarni yulduz qilishda yordam bergan.
Di Kaprio bu loyihada nafaqat aktyor, balki prodyuserlardan biri sifatida ham ishtirok etadi. Yana bir prodyuser esa - The Rolling Stones guruhi ishtirokchisi Mik Jagger. Loyiha bilan Appian Way shug‘ullanadi.
Mavzuga oid
20:26 / 09.01.2020
Aktyor Leonardo Di Kaprio 11 soat dengizda qolib ketgan erkakni qutqardi
20:19 / 02.08.2018
Internetda «Terminator 6» filmi bosh qahramonlari tasviri paydo bo‘ldi
23:40 / 27.06.2018
Tarantino Di Kaprio va Pitt ishtirokidagi yangi film suratga olmoqda
16:13 / 27.11.2017