Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar: Homilador ayollarga avtomobil boshqarish taqiqlanadi
Homilador ayollarning avtomobil boshqarishi qiyin, chunki ular yo‘ldagi harakatni yaxshi nazorat qila olishmaydi. Bu haqida nemis olimlarining tadqiqotiga tayanib, MailOnline nashri ma'lum qildi.
Tadqiqot davomida 30 nafar homilador va yana 30 nafar homilador bo‘lmayotgan ayollarga bir qator vazifalar berildi hamda ularning bajarilishi jarayonida ayollarning tezligi, o‘zini tutishi kuzatildi.
Natijalar ayollardagi homiladorlik muddati qancha katta bo‘lsa, ular eslab qolish, tez munosabat bildirish, labirintdan to‘g‘ri yo‘l topish kabi vazifalarni shunchalik yaxshi uddalay olmaganliklarini ko‘rsatgan. Bu bo‘lajak onalarda estrogen garmonining oshishi bilan izohlanadi, u yo‘nalishni to‘g‘ri belgilashga javob beruvchi miya qismining faoliyatiga ta'sir ko‘rsatadi.
Olimlar YTHlarning oldini olish maqsadida homilador ayollarga avtomobil boshqaruvini ishonmaslikni tavsiya qilishdi.