Sport | 19:33 / 28.10.2016
10883
1 daqiqa o‘qiladi

Samvel Babayan Vadim Afoninni kuzatish uchun Rossiyaga bordi

Foto: Krasnodar klubi matbuot xizmati

O‘zbekiston milliy terma jamaosi bosh murabbiyi Samvel Babayan Rossiya kubogi doirasidagi "Krasnodar" - "Orenburg" o‘yinini stadiondan kuzatib bordi.

27 oktabr kuni o‘tkazilgan ushbu uchrashuvda Samvel Babayan O‘zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov hamda terma jamoaga nomzod bo‘lgan Vadim Afoninning o‘yinini ko‘zdan kechirdi. 

Ushbu o‘yin 3:2 hisobida "Krasnodar" jamoasi g‘alabasi bilan yakunlandi. "Krasnodar"ning gollariga Grankvist (57, 100) hamda Izmailov (67) mualliflik qilgan bo‘lsa, "Orenburg" safida gollarni Breyev (55) va Oyyevol (59) urgan. Odil Ahmedov ham, Vadim Afonin ham ushbu o‘yinda golli pas mualliflari bo‘lishgan.

Babayan Rossiya chempionatida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik Vadim Afoninni termaga chaqirishi shartini aytdi

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid