Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp g‘alabadan keyin tvitterdagi akkauntini «bezadi»
Respublikachi-milliarder Donald Tramp AQSh prezidentligi uchun saylovda g‘alaba qozonganidan keyin rasmiy tvitteridagi yozuvlar va suratlarni o‘zgartirdi.
Endi uning akkauntida «AQShning saylangan prezidenti» yozuvi turibdi.

Akkauntning yuqori qismida (muqovasi) esa Oq uy fonida turgan Tramp va Mayk Pens (vitse-prezidentlikka nomzod) surati, shuningdek, «AQShning saylangan prezidenti» va «AQShning saylangan vitse-prezidenti», yozuvlari, hamda saylovoldi kampaniyasidagi shior bo‘lgan «Amerikaga buyuklikni qaytaramiz» so‘zlari tushirilgan.
Bundan oldinroq, Trampning saylovoldi shtabi boshlig‘i Kellienn Konvey milliarder tvitterdagi akkauntini boshqarishdan chetlatilgani haqidagi xabarlar haqiqatga mos kelmasligi haqida aytgandi.
Mavzuga oid
15:58 / 06.03.2026
Tramp Eron rahbarligi uchun «uch yaxshi nomzod» borligini aytdi
14:12 / 18.01.2026
Tramp e’lon qilgan ilk linkor $22 mlrd turishi mumkin
15:09 / 22.11.2025
FT: AQSh Ukrainadan Tramp rejasini qabul qilishni qat’iy talab qildi
12:57 / 18.10.2025