Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Mahmud Abbos Turkmanistonga rasmiy tashrif buyuradi
Falastin rahbari Mahmud Abbos 13-15 noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Ashxobodga keladi, deya xabar qilmoqda Turkimaniston mahalliy OAV.
Falastin yetakchisining tashrifi Turkmaniston hukumati majlisida muhokama qilingan.
Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredovning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992 yil aprelida o‘rnatilgan, bugungi kunda turkman-falastin hamkorligining me'yoriy-huquqiy asosi 7ta xalqaro kelishuvdan iborat.
Vazirning ta'kidlashicha, shu yilning may oyida Turkmaniston TIV delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Ramallohga borgan. Bu yerda ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilgan va 2016-2017 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturlari imzolangan.
Bundan tashqari, hozirda, Ashxobodda Falastin elchixonasini ochish ishlari olib borilmoqda.
Oliy darajadagi Ashxobod uchrashuvlari so‘nggida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va kenngaytirishga qaratilgan bitimlar imzolanishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
21:45 / 30.05.2026
Turkmanistonda may oyi uchun eng issiq rekord harorat yangilandi
23:08 / 21.05.2026
Parij Falastin xalqiga faxriy fuqarolik bermoqchi
18:02 / 01.05.2026
Infantino jonli efirda Isroil va Falastinni yarashtirishga urindi
19:07 / 27.04.2026