Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ostonada bir ayol bosh prokuratura binosi yonida o‘ziga o‘t qo‘ydi
Qozog‘iston poytaxti Ostonada bir ayol bosh prokuratura binosi yonida o‘ziga o‘t qo‘ydi. Bu haqda Tengrinews.kz axborot agentligi xabar bermoqda.
Bosh prokuraturada aytilishicha, 6 dekabr soat 12.16da bosh prokuratura nazorat-o‘tkazish punkti xonasi yoniga bir ayol uch hamrohi bilan kelib, ustki kiyimini yechib, ustiga benzin quyib, o‘zini yoqib yuborgan.
"Nazorat-o‘tkazish punkti xodimlari olovni o‘chirish bo‘yicha zudlik bilan choralar ko‘rishgan. Ayol birdaniga va kutilmaganda harakat qilgan va o‘ziga o‘t qo‘yishdan avval hech qanday e'tiroz bildirmagan. Ayolga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, tez yordam chaqirtirilgan", deb ma'lum qilindi prokuraturada.
Ta'kidlanishicha, M.Rismanova ismli bu ayol o‘g‘li sudlanganiga norozilik sifatida shunday yo‘l tutgan. U bosh prokuraturaga 28 noyabrda murojaat qilgan. Uning da'volari tekshirilishi uchun bosh prokuratura suddan jinoiy ish materiallarini so‘ragan.
Ayolning o‘g‘li 2015 yil iyunda katta miqdorda geroin va gashish saqlaganlik uchun 4 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilingandi. Sudlanuvchi hukm ustidan shikoyat qilgan, biroq uning shikoyati qondirilmagan.
Ostonadagi birinchi shahar shifoxonasi qabul bo‘limida ayol jonlantirish bo‘limida ekanligini ma'lum qilingan.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025