Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyaga qizil chumolilar tahdid solmoqda
Avstraliyani qizil yorqin chumolilar bosib ketdi, deb xabar qilmoqda BBC. Ular eng katta mahalliy zararkunanda bo‘lishi va ularning mamlakatga yetkazgan zarari yovvoyi quyon, qamishzor baqalari hamda tulkilarning birgalikdagi talofatidan ortib ketishi mumkin. Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, chumolilar chaqishidan so‘ng yuz beradigan anafilaktik reaksiyalar soni bir yilda 3 mingga yetadi.
Qizil chumolilar 2001 yilda Brisben dengiz porti orqali Avstraliyaga kirib kelgan. Ular Kvinslend janubi-sharqini ishg‘ol qilib bo‘lgan va endilikda Yangi Janubiy Uels tomon yo‘nalmoqda. Qizil chumolilarning zahri allergik reaksiyalarga sabab bo‘lishi, ayrim hollarda o‘lim holatlari ham qayd etilishi mumkin. Xususan, AQShda ushbu hasharot chaqishidan 80 dan ortiq o‘lim holati ro‘yxatga olingan. «Bu chumolilar iqtisodiyotga, atrof-muhitga, sog‘liqni saqlash tizimi va bizning turmush tarzimizga ziyon yetkazadi», – deydi agressiv turlar bo‘yicha kengash direktori Endryu Koks.
Qishloq xo‘jaligi federal vazirligi vakili Barnabi Joysning so‘zlariga ko‘ra, bu turdagi chumolilarga qarshi 328 mln dollar sarflangan.
Mavzuga oid
22:52 / 29.03.2026
Yonilg‘i narxi oshgani sababli Avstraliyaning ikki shtatida jamoat transporti bepul bo‘ladi
12:00 / 24.03.2026
YeI va Avstraliya bojlarning 99 foizdan ortig‘ini bekor qiladi
15:09 / 15.03.2026
Avstraliyadan boshpana so‘ragan eronlik futbolchilardan 3 nafari vatanga qaytishga qaror qildi
14:29 / 11.03.2026