Jahon | 07:39 / 15.12.2016
4682
2 daqiqa o‘qiladi

BMT bosh kotibi o‘zining xayrlashuv nutqida "Suriyadagi dahshat"ni to‘xtatishga chaqirdi

Foto: © AP

Yil oxirida iste'foga ketadigan BMT bosh kotibi Pan Gi Mun o‘zining bu lavozimdagi so‘nggi nutqida "Suriyadagi dahshat"ni to‘xtatishga chaqirdi, deb xabar bermoqda "Interfaks" axborot agentligi. 

  Pan Gi Munning aytishicha, u o‘z lavozimini Suriyadagi ixtilof hanuz davom etayotgani sababli yurakdagi og‘ir o‘kinch bilan tark etmoqda.

"Men Suriyada to‘xtamayotgan dahshat sababli lavozimimni katta g‘am-anduh bilan tark etmoqdaman. Men yana bir bor sizlardan birlashib, Suriyaning tinch aholisini himoya qilish bo‘yicha jamoaviy majburiyatingizni bajarishni so‘rayman", deb aytdi Pan Gi Mun.

Avvalroq Pan Gi Mun Suriya armiyasi Halabda g‘alaba qozongandan keyin "xalq lashkarlari shafqatsizlik ko‘rsatayotganidan" tashvish bildirgandi. Biroq BMT bosh kotibi bu "shafqatsizlik"ka hech qanday isbot keltira olmagan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid