Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moldova prezidenti NATO a'zoligini yoqlagan mudofaa vazirini iste'foga chiqaradi
O‘zining betarafligini ta'kidlab keladigan Moldova respublikasining mudofaa vaziri Anatoliy Shalaru mamlakatning NATOga a'zo bo‘lishi va Ruminiya bilan birlashuvini faol targ‘ib qilishi bilan dong taratgan edi. Yaqin orada, u iste'foga chiqariladi. Bu haqda, mamlakatning saylangan prezidenti Igor Dodon jurnalistlarga ma'lum qildi.
"Yangi yilgacha Shalaru vazir bo‘lmaydi. Men shunday bo‘lishi uchun barcha imkoniyatni ishga solaman", - degan yangi prezident. Dodonning so‘zlariga ko‘ra, mudofaa vazirligiga "armiya ichida o‘sgan va uning nima ekanini yaxshi anglaydigan, betarafligi qayd etilgan Moldova konstitutsiyasini hurmat qiladigan professional davlat arbobi rahbarlik qiladi".
Qonunga binoan, prezident hukumat a'zosini bevosita iste'foga chiqara olmaydi. Biroq, u Qurolli kuchlarning Oliy bosh qo‘mondoni sifatida mudofaa vaziriga nisbatan shunday jarayonni uyushtirishi mumkin.
Mavzuga oid
10:15 / 08.06.2026
O‘zbekiston NATO sherik davlatlari kunida ishtirok etdi
22:20 / 06.06.2026
NATO Ukrainaga 70 mlrd yevrolik harbiy yordam ajratish masalasini muhokama qilmoqda – OAV
09:37 / 25.05.2026
NATO sammiti oldidan Ukraina bo‘yicha bahslar kuchaydi
08:46 / 22.05.2026