Jahon | 09:21 / 16.12.2016
3631
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Suriyada jabrlanganlarga qo‘shimcha 6 milliard dollar ajratdi

Foto: AP

AQSh Suriyada jabrlanganlarga gumanitar yordam sifatida qo‘shimcha 6 milliard dollar ajratdi. Ular asosan oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmon vositalarini xarid qilishga yo‘naltiriladi, deb ma'lum qildi AQSh davlat kotibi Jon Kerri.

"Biz yana 6 milliard dollarni oziq-ovqat, dori-darmon vositalari, ichimlik suvi va kishilarga kerakli bo‘lgan boshqa resurslarga (xarid qilish uchun) ajratdik. Ular mintaqada zo‘ravonlikka duch kelgan insonlarga mo‘ljallangan", - deya aytib o‘tgan u.
 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid