Jahon | 00:36 / 16.12.2016
9939
1 daqiqa o‘qiladi

Bashar Asad suriyaliklarni Halabning ozod etilishi bilan tabrikladi

15 dekabrda Suriya prezidenti Bashar Asad suriyaliklarni Halabning ozod etilishi bilan tabrikladi. Asad jangarilarning shahardan siqib chiqarilishi milliy armiya va Damashq ittifoqdoshlarining sa'y-harakatlari evaziga mumkin bo‘lganini ta'kidlab o‘tdi. Asadning aytishicha, Suriyaning har bir fuqarosi "bu tarixiy g‘alabaga o‘z hissasini qo‘shgan". 

"Halab aholisining matonati, butun Suriya xalqining matonati bu muvaffaqiyatni ta'minladi", deb aytgan Asad.

Asadning ta'kidlashicha, endi Suriya ixtilofidagi voqealar borishi o‘zgaradi.

Suriya armiyasi Rossiya harbiy-koinot kuchlari yordamida Halabdan jangarilarni siqib chiqardi. Hukumat qo‘shinlari shaharning barcha 105 dahasini ozod qilgan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid