Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
CNN: Tramp maslahatchisi Moskvada sanksiyalarning bekor qilinishini muhokama qildi
Donald Trampning AQShdagi saylov kampaniyasi vaqtidagi yetakchi maslahatchilaridan biri, Jorjiya shtatidan kongressmen Jyek Kingston Moskvada AQShning yirik biznesi vakillari bilan yopiq uchrashuv o‘tkazdi. Kingston bu uchrashuv davomida Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalarni bekor qilish taxminini bildirgan. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.
"Tramp sanksiyalar bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganib chiqishi mumkin. Sanktsiyalar yetarlicha uzoq davom etdi. Kutilgan natijaga erishildimi? Tramp Barak Obama tashqi siyosatining prinsiplariga sodiq qolishni istamayapti", deb aytgan Kingston AQShning Milliy jamoatchilik radiosiga bergan intervyusida.
Kingston, shuningdek, intervyusida Moskvada tadbirkorlar bilan uchrashganini aytgan. Kingston shu bilan birga Moskvada na Kremlning rasmiy vakillari, na AQSh diplomatlari bilan uchrashmaganini aytgan.
Mavzuga oid
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
18:06 / 08.06.2026